Nyu-York şahrida xotiniga piçoq öqtalib, unga oğir tan jarohati yetkazgan özbekistonlik erkak politsiya xodimlari tomonidan otib taşlangan. Bu haqda The New York Post naşri xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 8 mart kuni sodir bölgan. Nyu-Yorkning Kvins dahasida uyuştirilgan tadbirda samarqandlik ekani aytilayotgan er-xotin Jamşid Ne’matov va Amira Ne’matova janjallaşib qolgan.
Janjal asnosida erkak xotiniga piçoq bilan zarba bergan va uni oğir jarohatlagan.
Voqea joyiga yetib kelgan Nyu-York politsiyasi xodimlari jahl otiga mingan erkakdan qölidagi piçoqni taşlaşni talab qilgan. Oila boşliği talabga böysunmagaç, politsiya xodimlari unga öq uzişga majbur bölgan.
Oqibatda asli özbekistonlik bölgan Jamşid Ne’matov halok bölgan. Uning jarohatlangan xotinida jarrohlik amaliyoti ötkazilgan.
Ma’lum bölişiça, er-xotin uzoq yillardan buyon birga yaşab kelgan va ularning 4 nafar farzandi bölgan. Farzandlaridan tönğiç qizi 23, ikkinçi qizi 20, öğillari 17 va 14 yoşda ekani aytilmoqda.













