Surxondaryo viloyati Denov tumanida mast holda maşina boşqarib, odam ölimiga sabab bölgan haydovçiga hukm öqilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 14 yanvar kuni 33 yoşli haydovçi özi işlayotgan xususiy firmaga tegişli maşinani mast holda Denov tumani hududida boşqarayotib, qarama-qarşi yönalişda ketayotgan skuter hamda yöl çetida töxtab turgan jigulini urib yuborgan.
Oqibatda skuterda ketayotgan yigit oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bölgan.
Holat yuzasidan Denov tuman IIB tomonidan jinoyat işining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Bundan bir neça kun oldin jinoyat işlari böyiça Denov tumani sudida odam ölimiga sabab bölgan haydovçiga tegişli iş körib çiqilgan.
Sudda haydovçi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan va 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan taşqari, u 3 yil muddatga barça turdagi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilingan.
“Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada yigitning otasi marhum özining yagona öğli bölganini, halok bölişidan bir muddat avval uni uylantirib qöyganini va hali farzand körişga ham ulgurmaganini aytgan.
P.S. Sönggi paytlarda turli faollar tomonidan mast holda maşina boşqarayotganlarga, mast holda maşina boşqarib, odamlarning ölimiga yoki tan jarohati olişiga sababçi bölayotgan haydovçilarga keskinroq jazo çoralarini joriy qiliş haqida fikrlar bildirilmoqda. Biroq hozirça bunday fikrlar inobatga olinmayapti.













