KXDR va Janubiy Koreya örtasidagi keskinlik Koreya yarimoroli 1948 yilda ikki davlatga ajralganidan buyon yumşamayapti. Yer yuzining boşqa bir çekkasida boşlangan Rossiya va Ukraina uruşi bu davlatlarning munosabatlarini yanada murakkablaştirdi. Pxenyan oçiqçasiga Moskvaga qurol sotmoqda, Seul esa qurollarni töğridan töğri Kiyevga emas, uning ittifoqçilariga yetkazib bermoqda — bu davlatlar Ukraina qurolli kuçlariga yordam bergani evaziga öz zaxiralarini töldirib olmoqda. Şveytsariyaning Neue Zürcher Zeitung (NZZ) gazetasi yaqin kelajakda Koreya yarimorolidagi vaziyat qanday özgarişi mumkinligi haqida yozdi.

Rossiya şimoliy koreyaliklarning qurollarini sotib olayotgani töğrisidagi ilk xabarlar 2023 yil kuzida paydo bölgandi. Öşanda Oq uyning Milliy xavfsizlik kengaşida strategik kommunikatsiyalar böyiça koordinatori Jon Kirbi qurol yetkazib berilayotgani faktini tasdiqlovçi bir qança sun’iy yöldoş tasvirlarini namoyiş etgandi. Rossiya qöşini ilk bor 2024 yil yanvarida Xarkivni öqqa tutiş vaqtida örta masofaga harakatlanuvçi KN-23 va KN-24 ballistik raketalarini jangda qölladi. NZZ naşri yozişiça, ayni vaqtga kelib KXDR Kremlga allaqaçon millionlab raketa va snaryadlar yetkazib bergan bölişi mumkin. Jurnalistlar taxmin qilişiça, Putin Kim Çen In bilan 2023 yil sentabrida Şarqiy kosmodromidagi uçraşuv çoğida qurol yetkazib beriş böyiça yakuniy kelişuvga erişgan.

Korean Central News Agency / Korea News Service / AP / Scanpix / LETA

Janubiy Koreya mudofaa vaziri Sin Von Sik tasdiqlaşiça, Rossiya Şimoliy Koreyadan harbiy maqsaddagi yuklar, jumladan raketalar, snaryadlar va patronlar ortilgan kamida 5,5 ming konteyner qabul qilib olgan. Londondagi Qirollik kollejining Koreya mintaqasidagi xavfsizlik masalalari böyiça eksperti Ramon Pardoning fikriça, katta ehtimol bilan bu hali hammasi emas. «Agar Rossiya bosqini yana çözilsa, agar Putin sörasa, Şimoliy Koreya [Rossiyaga] katta masofaga harakatlanuvçi raketalarini ham berişi mumkin», — deya taxmin qiladi Pardo. Janubiy koreyalik iste’fodagi general-leytenant Çun Im Bun NZZ muxbiri bilan suhbatda kelgusida KXDR ayrim harbiy zavodlarini faqat Rossiyaga mahsulot yetkazib berişga yönaltirişi mumkinligini aytgan. 

Rossiya Xarkivni öqqa tutişda foydalangan Şimoliy Koreya raketasi qoldiqlari. 2024 yil 6 yanvar