Kun.uz Özbekistondagi eng yirik yerosti gaz saqlaş ombori – Gazli inşootining siğimi 3 barobardan köproqqa oşirilişi haqida xabar bergan edi. Ma’lum bölişiça, gaz omboriga egalik qiluvçi kompaniyaning ta’sisçisi özgargan.

2023 yil 25 iyul holatiga, “Gazli Gas Storage” MÇJ QKning 40 foiz uluşi “Öztransgaz” AJga, 60 foizi Rossiyaning “Forus” aksiyadorlik jamiyatiga tegişli bölgan. 2024 yilning 24 fevrali holatida esa, “Forus” ta’sisçilar tarkibidan çiqqani, unga tegişli bölgan 60 foizlik uluş Daxon Holdings Limited'ga ötganini köriş mumkin. Korxona ustav fondi hajmida (297,9 mrld söm) özgariş bölmagan.

Özbekistondagi eng yirik gaz omborining majoritar huquqqa ega ta’sisçisi qaçon özgargani, Rossiya kompaniyasi öz uluşini qay tarzda begonalaştirgani va bu qarorini “Öztransgaz” bilan kelişgani yoki yöqligi ma’lum emas. Bu özgariş haqida hozirgaça rasman xabar berilmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan, 2024 yil 1-çoragiga möljallangan investitsiya dasturiga köra, Xitoy kompaniyasi deb körsatilgan Daxon Noldings Limited 2020–2025 yillarda “Gazli konida gazni yer ostida saqlaş inşooti hajmini 10 mlrd metr kubga oşiriş, Gazli konining gaz va neft uyumlarida qöşimça geologiya-qidiruv işlarini bajariş va ularni yakunlovçi bosqiçda işlatiş (1-bosqiç)” loyihasini amalga oşiradi.

Daxon holdingi haqida internetda ma’lumot juda kam. Xususan, uning energetika loyihalaridagi iştiroki va tajribasi bor-yöqligi ma’lum emas. Kompaniya 2019 yil 23 iyulda Hongkongda röyxatdan ötgan.

Şuningdek, oçiq manbalarda 2011 yili Kiprda taşkil etilgan Daxon Ltd va 2014 yil Britaniyada