S.N. ayol kiçik yoşdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi, “a, v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bölgan şaxsni qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgandi.

Dastlabki tergov davomida fuqaro S.N.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismida (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlangani sababli 2024 yil 1 mart kuni Şofirkon tumani IIB Tergov boşqarmasi tomonidan ayolga qöşimça ayb e’lon qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, iş materiallari qonuniy qaror qabul qiliş uçun Jinoyat işlari böyiça Şofirkon tuman sudiga yuborilgan.

Bolalar ombudsmani bolaning manfaatlari sud bosqiçida ta’minlanişi yuzasidan öz kuzatuvini davom ettirişini bildirgan.