Vengriya boş vaziri Viktor Orban Donald Tramp AQŞ prezidentligi uçun saylovlarda ğolib bölsa, Ukrainaga harbiy yordam sifatida «biror sent» ajratmasligini ma’lum qildi.
Orbanning sözlariga köra, harbiy yordam töxtatilişi uruşni töxtatişga yordam beradi.
«Uning juda aniq nuqtayi nazari bor va unga qöşilmasdan bölmaydi, — degan Orban mahalliy Magyar Nemzet gazetasiga bergan intervyusida. — U şunday deydi: birinçidan, u Ukraina-Rossiya uruşi uçun sariq çaqa ham bermoqçi emas. Şuning uçun uruş ham tugaydi — axir Ukraina mustaqil doş bera olmasligi aniq. Va agar amerikaliklar yevropaliklar bilan birgalikda pul va qurol bermasa, unda uruş yakunlanadi. Agar amerikaliklar pul bermasa, unda yevropaliklarning özi bu uruşni moliyalaştira olmaydi. Va şunda uruş nihoyasiga yetadi».
Orban, katta ehtimol bilan Trampning fikrini nazarda tutgan holda «agar yevropaliklar rossiyaliklardan qörqsa yoki umuman yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlamoqçi bölsa, unda buning uçun özlari tölaşi kerakligi» haqida gapirgan.
«Yoki öz armiyasini va öz texnikasini yaratsin, yoki, agar buning uçun amerikaliklardan foydalanmoqçi bölişsa, ular xavfsizlik uçun amerikaliklarga tölaşsin», — degan Orban.
Demokrat prezident Jo Baydenning ma’muriyati, xuddi Yevropa Ittifoqi va ittifoq a’zolari bölgan yirik davlatlar rahbariyati kabi — «harbiylaşgan», degan u va şunday qöşimça qilgan: «Donald Tramp tinçlik tarafdori, Vengriya ham tinçlikni yoqlaydi. Asosiy farq şunda».
Orban Tramp hali saylovlarda ğalaba qozonmagan bölsa-da, uning tarafdorlari bölgan respublikaçilar partiyasi a’zolari kongressda allaqaçon demokratlarga uruşni moliyalaştirişga xalaqit berayotganini qayd etgan.
Putinning döstlari
Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida bir neça bor iliq fikrlar bildirgan Tramp bir kun içida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtata olişi haqida aytgan. Ammo u buni aynan qanday yöl bilan amalga oşirmoqçi ekaniga oydinlik kiritmagan.
Bu vaqtda Trampning Kongressdagi tarafdorlari Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam ajratiş töğrisidagi qonun loyihasini bloklaşda davom etmoqda.
Orban esa Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar rahbarlari orasida Putinni qöllab-quvvatlovçi yagona prezident bölib qolmoqda.














