Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy Ukrainada allaqaçon NATO davlatlari harbiy xizmatçilari mavjudligini aytdi, ammo bu qaysi mamlakatlar ekaniga aniqlik kiritmadi.

«NATO askarlari allaqaçon Ukrainada mavjud. Va men uşbu tavakkalçilikka qöl urgan uşbu mamlakatlar elçilariga minnatdorçilik bildirişni istardim. Bu mamlakatlar ular kimligini bilişadi, ammo ularni oşkor etib bölmaydi. Boşqa siyosatçilardan farqli ölaroq, men röyxatni oçiqlamayman», — degan Sikorskiy Polşaning alyansga a’zoligiga 25 yil tölgani munosabati bilan 8 mart kuni ötkazilgan konferensiyadagi diskussiya çoğida.

U NATO harbiylarining Ukrainada bölişi «tasavvur qilib bölmas» holat emasligini va NATO qöşini Ukrainaga yuborilişini «istisno qilib bölmasligi»ni aytgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taşabbusini ma’qullaşini bildirgan. «Gap Putin bizdan qörqişi haqida emas, biz Putindan qörqmasligimiz haqida», — deya qöşimça qilgan Sikorskiy.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova «Izvestiya» uçun intervyusida Sikorskiyning gaplari yuzasidan izoh berib, alyans vakili «endi bu holatni inkor etişidan ma’no yöqligi»ni aytgan.

  • 26 fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropaning 20 mamlakat yetakçilari uçraşuvidan keyingi konferensiyada NATO qöşinlari Ukrainaga yuborilişini istisno qilmasligini aytgandi. Şundan keyingi kunlarda ğarbning qator davlatlari, jumladan AQŞ vakillari ham bunday ehtimolni rad etdi. NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg esa alyansning bunday rejalari yöqligini ma’lum qildi.
  • Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Makronning sözlariga munosabat bildirib, agar Ukrainada NATO qöşini paydo bölsa, Rossiya va alyans örtasidagi töqnaşuvdan qoçib qutulib bölmasligini aytdi.
  • 4 mart kuni Makron öz sözlariga aniqlik kiritib, Fransiya Ukrainaga öz harbiy kontingentini yuboriş imkoniyatini körib çiqmayotgani, ammo ukrainlarni qöllab-quvvatlaş uçun qiliş mumkin bölgan barça işni öylab körayotgani va «muhokama qila boşlagani» haqida aytdi. Keyinroq u «nimanidir istisno qilmaslik — buni aniq qilişni anglatmasligi»ni bildirdi.
  • 7 mart kuni Fransiya siyosiy partiyalari yetakçilari bilan ötkazilgan uçraşuvda Makron Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasida heç qanday çeklovlar bölmasligi lozimligini aytdi. Rossiya xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari sanalgan Dmitriy Medvedev esa bunga javoban «u holda Rossiyada Fransiya bilan munosabatlarda heç qanday qizil çiziqlar qolmasligi»ni bildirdi.