Xususan, perinatal skrining xonalar va ştat birliklari mavjud bölsa-da, Guliston va Xovos tumani hamda Şirin şahrida ultratovuş tekşiruvi perinatolog mutaxassislar yöqligi uçun skrining tekşiruvlari ötkazilmayapti. Şuningdek, markazda ötkazilişi lozim bölgan skrining tekşiruvlari, xususan, irsiy genetik xromosomalarni aniqlaydigan reaktivlar yöqligi sababli 5 oydan buyon töxtab qolgan. Ayniqsa, çaqaloqlarda ötkaziladigan irsiy genetik kasalliklar, aynan fenilketonuriya, tuğma gipoterioz kasalliklarini aniqlaydigan reaktivlar mavjud emas.
Uşbu masala Senatning Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi tomonidan nazoratga olinib, holat yuzasidan örganişlar ötkazildi.
Ma’lum bölişiça, skrining tekşiruvlar, xususan, irsiy genetik xromosomalarni aniqlaydigan reaktivlar bilan ta’minlaş böyiça 60 mlrd söm mablağ 2023 yil oktyabr oyida ajratilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi va xorijiy kompaniya örtasida 2023 yil 25 martda 2,4 mln dollarlik reaktivlar, reagentlar va sarflovçi materiallarni xarid qiliş böyiça import şartnomasi tuzilgan. Yetkazib beriş muddati 2024 yil 28 martga qadar etib belgilangan.
Şartnoma böyiça faqat 791 ming dollar yoki 10,1 mlrd sömlik reaktivlar, reagentlar va sarflovçi materiallar 2023 yil iyul oyida Respublika «Ona va bola» skrining markazi va uning filiallariga tarqatilgan.
Biroq yetkazib berilgan reagent va sarflovçi materiallar 2023 yil sentabr oyi yakuniga qadar skrining tekşiruvlari ehtiyojini qoplagan. Şundan söng Sirdaryo viloyatida ham skrining markazlarini reaktivlar bilan ta’minlaşda uzilişlar yuzaga kelgan.
Qömita nafaqat Sirdaryo viloyati tumanlari balki, mamlakatimizning barça hududlariga skrining ötkazişda foydalaniladigan reaktivlar yetkazib berilişini öz nazoratiga oldi.













