Xorazm viloyatining ayrim hududlarida iste’molçilar elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, soat 12:15 da yuz bergan kuçli yomğir tufayli 6-10 kVʼli 41 ta elektr uzatiş tarmoği 78 MVt quvvat bilan avariyaviy öçgan.

Buning oqibatida Hazorasp, Boğot, Xonqa, Qöşköpir va Yangiariq tumanlari iste’molçilari qisman (12 ming 500 ta) va kiçik işlab çiqariş sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilgan.

“Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuçli yomğir va şamol) şaroitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan uşbu nosozlik bartaraf etilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.