Ukrainadagi uruşning 747-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • CNN Rossiya Ğarb Ukraina uçun işlab çiqarayotganidan uç barobar köproq snaryad işlab çiqarayotgani haqida xabar berdi.
  • Putin uruş boşlanganidan buyon uçinçi marta mudofaa vazirining içki ta’minot böyiça örinbosarini almaştirdi. Bu lavozimga general-leytenant Andrey Buliga tayinlangan.
  • Ukrainada 2022 yil martida qariyb bir oy mobaynida Çernihiv oblastining Yahidne qişloğida maktab yertölasida 360 dan ortiq kişini garovda uşlab turgan 15 nafar rossiyalik harbiyga sirtdan hukm öqildi.
  • Rossiya dronlari Odessa va Xarkiv oblastlariga hujum qildi, jabrlanganlar yöq.
  • The New York Times xabariga köra, Ukraina katta ehtimol bilan 2024 yil yozigaça va’da qilingan 45 ta F-16 qiruvçi samolyotlaridan faqat 6 tasini qabul qilib oladi, qolgan samolyotlar yil oxirigaça va 2025 yil boşida yetkazib beriladi.
  • «Mariupolda 20 kun» filmi «Eng yaxşi töliq metrajli hujjatli film» kategoriyasida «Oskar» mukofotini qölga kiritdi.
  • Volodimir Zelenskiy Rim papasining muzokaralar ötkaziş «jasurligi» haqidagi sözlarini «virtual vositaçilik» deb atadi.
  • Vengriya boş vaziri Viktor Orban Donald Tramp saylovda ğalaba qozonsa, AQŞ Ukrainaga pul berişni töxtatişi va «uruş yakunlanişi» haqida