Özbekiston Respublikasining “Ilm-fan kunini belgilaş töğrisida”gi qonuni loyihasi e’lon qilindi.

Özbekiston prezidentining 2023 yil 9 sentabrdagi “Fanlar akademiyasi taşkil topganligining 80 yilligiga bağişlangan yubiley tadbirlarini ötkazişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida Fanlar akademiyasi tomonidan qonun loyihasi işlab çiqildi.

Loyihada Fanlar akademiyasi 1943 yil 4 noyabr kunida taşkil etilganligini inobatga olgan holda Özbekistonda ham 4 noyabr sanasini “Ilm-fan kuni” sifatida nişonlaş taklif etiladi.

Mazkur qonun ilm-fan bilan şuğullanuvçilarni rağbatlantiriş va mazkur sohaga keng jamoatçilik e’tiborni qaratişga hamda ilm-fan sohasidagi yutuqlarni xalqaro va mahalliy doirada e’tirof etişga xizmat qiladi.

Qonun loyihasida körsatilgan havolaki normalarni amalga oşiriş böyiça qonunosti hujjatlar qabul qilingandan söng davlat budjetidan moliyalaştiriş talab etiladi.