Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi. Unga köra, 1 mart holatiga, Özbekistonning rasmiy zaxiralari 32,2 mlrd dollarni taşkil qildi.

Zaxiralar fevral oyiga nisbatan deyarli 1,22 mlrd dollarga, yil boşidan beri esa 2,37 mlrd dollarga kamaygan.

Yil boşidan beri oltin zaxiralari qiymati 24,63 mlrd dollardan 24,09 mlrd dollargaça pasaygan. Öz navbatida oltinning fizik hajmi 11,9 mln troya unsiya miqdorida özgarişsiz qolgan.

Şuningdek, xorijiy valuta zaxiralari qiymati 9,37 mlrd dollardan 7,55 mlrd dollargaça qisqargan.

“Xalqaro zaxiralar hajmidagi yil boşiga nisbatan özgarişlar mavsumiy tusga ega bölib, odatda yanvar-fevral oylarida kuzatiladigan tendensiya hisoblanadi. Şuningdek, mazkur dinamikaga 2019 yilda muomalaga çiqarilgan suveren yevro obligatsiyalar bir qismining söndirilişi ham ta’sir körsatgan”, deyiladi Markaziy bank izohida.