Joriy yilning 12-13 fevral kunlari ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida Çilonzor tumanida kuçli ta’sir qiluvçi moddalarning muomalasi bilan boğliq holat aniqlandi.
Özini şubhali tutgan ikki nafar şaxs xodimlar tomonidan töxtatildi. Xolislar iştirokida tekşirilgan 29 yoşli Ş.M. va 25 yoşli A.M.ning yonida, şuningdek Ş.M.ga tegişli “Spark” rusumli avtomobil salonida 53 dona “Zardeks” kapsulalari aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Suhbat davomida gumonlanuvçilar uşbu moddalarni 29 yoşli Ş.dan noqonuniy ravişda sotib olganliklarini ma’lum qilgan. Tezkor tadbir davomida xodimlar kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini noqonuniy sotiş bilan şuğullangan Ş.Y.ni qölga oldi. Uning yaşaş manzili xolislar iştirokida tekşirilganda, 1 939 dona “Zardeks” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273, 251-1-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.













