Markaziy bank fevral oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga köra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 12,7 foizni taşkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toşkent şahri – 16,1 foiz va Sirdaryo viloyatida – 13,9 foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpoğiston – 9,1 foiz va Xorazm viloyatida – 10,7 foiz sezilgan. 

Sörovnomada qatnaşganlarning katta qismi benzin va yoqilği hamda yölkira va taşiş xizmatlarini narxlarida yuqori ösiş kuzatilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar sifatida qayd etgan. Bunga fevral oyining oxiri va mart oyining boşlarida butun respublika böylab gaz yetişmasligi sababli metan yoqilği quyiş şoxobçalarining töliq yopilişi yoki faoliyatining çeklanişi ta’sir körsatgan bölişi mumkin.

Daromadlari 7 mln söm va undan yuqori bölgan aholining sezilgan inflatsiya darajasi respublika böyiça örtaça körsatkiçdan yuqori darajada şakllangan. Xususan, 15 mln sömdan köp daromad egalari sezgan inflatsiya 16,9 foizni taşkil qilgan. Toşkent şahrida 21 foiz va undan yuqori inflatsiya sezayotganlar uluşi 27 foizga yetgan.

Avvalroq, fevralda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik ösiş darajasi 8,35 foizga yetgani xabar qilingandi. Ötgan oyda sezilgan va rasmiy inflatsiya örtasidagi farq 4,35 foizni taşkil etgan.