Respublika iste’molçilariga 208,2 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 1 foiz köp elektr energiyasi, 143,6 mln kubometr, rejadagiga nisbatan 7 foiz köp tabiiy gaz yetkazib berildi.
Mamlakatdagi 1 ming 343 ta avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari orqali jami 13 million 378 ming kubometr tabiiy gaz sotildi. Şuningdek, avtomobillarga gaz quyiş stansiyalari orqali iste’molçilarga 810 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.
11 mart kuni “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barça avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalariga 4 ming 50 tonna avtobenzin yetkazib berildi. Birja savdolariga avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida sotiş uçun 8 ming 470 tonna avtobenzin, 1 ming 296 tonna dizel yonilğisi qöyilgan bölib, undan 5 ming 574 tonna avtobenzin hamda 1 ming 52 tonna dizel yonilğisi sotildi.













