Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 mart kuni tadbirkorlar faoliyatini kengaytiriş va eksportga jalb etiş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Bu haqda davlat rahbari 2023 yil 18 dekabrda bölib ötgan videoselektor yiğilişida aytgan edi. Şundan söng, ekspertlar iştirokida tadbirkorlarning takliflari asosida yangi yondaşuvlar işlab çiqildi.

Tahlillarga köra, ötgan yili eksportçi korxonalarga 665 milliard sömlik yordam körsatilib, 3 milliard 200 million dollarlik eksport ta’minlangan. Lekin ayrim tarmoq va hududlarda bu mablağlardan samarali foydalanilmagan. Elektr texnikasi, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, zargarlik tarmoqlarida eksport örtaça körsatkiçlarga yetmagan. Uyuşmalar tomonidan 2 ming 709 ta salohiyatli eksportçilar qamrab olinmagan, ularga haligaça biror yordam körsatilmagan.

Şu bois hududlarda işlab çiqariş, sanoat zonalari va eksport masalalarini yaxlit tizimda birlaştiriş maqsad qilinmoqda. 12 ta tarmoq va sanoat uyuşmasini Savdo-sanoat palatasi tizimiga ötkaziş taklif etilmoqda. Bu orqali loyiha tayyorlaş va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar özini özi boşqaradigan taşkilotga ötadi. Natijada ularning talab va istaklarini eşitiş, muammolarini hal qiliş osonlaşadi, tadbirkorlarning özaro hamkorligi kuçayadi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib çiqib, sohadagi agentlik va jamğarmalar örniga Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi taşkil etiladi. U çet eldan malakali dizayner, texnolog va marketologlarni jalb etib, milliy mahsulotlarni xalqaro talablarga moslaştiriş, eksportçilarning yangi bozorlarga çiqişiga kömaklaşiş, milliy brendlarni xorijda tarğib qiliş bilan şuğullanadi. Bu kompaniya tomonidan subsidiya, kompensatsiya va boşqa kömaklar tadbirkorlarning barqarorlik reytingi asosida ajratiladi.

Şuningdek, “Özbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatining boşqaruvi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan aloqalari kuçaytiriladi. Barça tumanda Tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş loyiha ofislari iş boşlaydi.

Prezident iqtisodiy islohotlardan asosiy maqsad tadbirkorlikni rivojlantiriş ekanini ta’kidlab, ularni qöllab-quvvatlaş böyiça öz fikrlarini bildirdi.

Uyuşmalarning vazifa va natijadorligini körib çiqiş, rahbar va xodimlar malakasini oşiriş muhimligi qayd etildi. Asosiy işni hududlarda taşkil etib, yangi loyihalar işlab çiqiş, tadbirkorlarni eksportga jalb qiliş böyiça körsatmalar berildi.