2024 yilning 13 mart kuni Mirobod tumani Amir Temur köçasi 33-uy qarşisida soat 08:00 larda, haydovçi 1993 yilda tuğilgan N.A.ga tegişli “Matiz” rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutaşuv sodir bölganligi oqibatida, yonğin kelib çiqqan.

Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan. Yonğin natijasida tan jarohati olganlar yöq.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilib, yonğin yuzaga kelişining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

“Barça haydovçilardan boşqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bölişni söraymiz”, deyiladi xabarda.