Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 mart kuni joriy yilda uy-joylar hamda «Yangi Özbekiston» massivlari qurilişi böyiça yiğiliş ötkazdi.

«Xalqimizga munosib turmuş şaroiti yaratiş maqsadida barça hududlarda yangi uy-joylar barpo etilmoqda. Şu bilan birga, odamlarning xarid imkoniyatini kengaytiriş uçun tört yil oldin ipoteka tizimining bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi joriy qilindi. Unga muvofiq, ötgan davrda barça manbalardan 100 trillion söm mablağ yönaltirildi. Bularning hisobiga hududlarda 6 mingta köp qavatli uy barpo etilib, 250 ming oila yangi boşpanali böldi. Daromadi yuqori bölmagan 45 mingta oilaga boşlanğiç badal va foiz tölovi uçun 2,4 trillion sömlik subsidiyalar berildi.

Jumladan, ötgan yili mamlakatimiz böyiça 85 mingta yoki 2022 yilga nisbatan 1,5 barobar köp xonadon qurildi. Aholiga 17 trillion sömlik ipoteka kreditlari ajratildi.

Aholi sonining ösişini inobatga olib, bunday işlar izçil davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy quriş rejalaştirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda şu boradagi çora-tadbirlar muhokama qilingan.

Avvalo yangi uylarning sotuv narxi va sifatiga e’tibor qaratilib, nomutanosibliklar körsatib ötildi. Mutasaddilarga quriliş tannarxini pasaytiriş va uylar sifatini yaxşilaş böyiça topşiriqlar berildi. Şu maqsadda, taklifni köpaytiriş uçun köp qavatli uy-joylar qurilişiga qöşimça yerlar auksionga çiqarilişi belgilandi.

Davlat rahbari bu sohada aholi va quruvçilar uçun qator yangi imkoniyatlar berilişini ma’lum qildi.

Bu yil ipotekani moliyalaştiriş uçun barça manbalardan 22,5 trillion söm yönaltiriladi. Jumladan, ipoteka kreditlari uçun qariyb 10 trillion söm, daromadi yuqori bölmagan 20 ming oilaga boşlanğiç badal va foiz tölovini qoplaş uçun 2,3 trillion söm beriladi.

Pudrat taşkilotlarining aylanma mablağini köpaytiriş uçun 500 milliard söm resurs yönaltiriladi. Bunda yillik 16 foiz stavkada 12 oylik imtiyozli davr bilan 18 oyga imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Bu maqsadlarga banklar ham öz mablağlarini kiritadi.

Quriliş işlari hamda aholining uy-joy sotib olişi uçun ham qöşimça yengilliklar yaratiladi. Xususan, endi 5 qavatli uylarni barpo etişga kamida «qoniqarli» va 9 qavatli uylarga «örta qoniqarli» reytingiga ega bölgan pudratçilar jalb qilinadi. Bu – qöşimça 2 mingga yaqin pudratçiga yöl oçib beradi.