Ukrainadagi uruşning 749-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya regionlariga önlab dronlar hujum qildi. Ryazanda «Rosnefti» zavodi zarbaga uçradi.
  • TASS va boşqa mahalliy naşrlar FXXning Belgoroddagi boşqarmasi binosi öqqa tutilgani haqida xabar tarqatdi. Keyinroq bu xabarlar öçirib yuborildi.
  • «RBK-Ukraina» manbasi tasdiqlaşiça, FXX binosiga «rossiyalik köngillilar» ukrain dronlari orqali hujum uyuştirgan.
  • Rossiyaliklar droni Sumidagi turar joy binosiga urildi. Qurbonlar va yaralanganlar bor.
  • 12 mart kuni Kriviy Rihga yöllangan raketa zarbasi oqibatida beş kişi halok bölib, 40 ortiq kişi yaralangan.
  • Yevroittifoq «Yandeks» hammuassisi Arkadiy Volojga qöyilgan sanksiyalarni bekor qildi.
  • RIA Novosti Rossiya armiyasi töğrisidagi «feyk» uçun Mixail Zigarga qarşi jinoiy iş qözğatilganini ma’lum qildi.
  • Yevropa ittifoqi mamlakatlari Ukraina uçun qöşimça beş milliard yevro ajratişni ma’qulladi.

Rossiyaning «Buk» zenit-raketa kompleksi Avdiyivka yaqinida

Rossiya davlat agentliklari «Buk» zenit raketa kompleksi 2024 yil martida Donetsk oblastining Avdiyivka şahri yaqinidagi harbiy harakatlarda iştirok etayotgani fotosini tarqatdi. 2022 yil noyabrda RF mudofaa vazirligi «Buk-M2» va «Buk-M3»ning «birgalikdagi jangovar vazifasi» videosini e’lon qilgandi, videoda uşbu tizimlar «muntazam ravişda HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari, şuningdek turli masofadagi uçiş apparatlarini yöq qilayotgani» aytilgandi. 2014 yilda «Buk-M1» birinçi modifikatsiyasi orqali Malayziya aviakompaniyasining Donetsk oblasti ustidan ötayotgan «Boing» samolyoti urib tuşirilgandi. Bortdagi 298 kişining barçasi halok bölgan. Rossiya samolyotga zarba uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.

RF mudofaa vazirligi «Buk-M2» kompleksi «40 kilometr masofadagi samolyotlar, vertolyotlar va HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimi snaryadlarini yöq qilişi»ni bildirgan
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
RF mudofaa vazirligiga köra, yangi «Buk-M3» 70 kilometrgaça bölgan masofadagi nişonlarni yöq qila oladi