WBA kamari sohibi Isroil Madrimov bugun, 14 mart kuni Özbekistonga qaytib keldi.
Madrimovni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qömitasi, Özbekiston boks federatsiyasi rasmiylari, OAV vakillari va sportçining yaqinlari tantanali tarzda kutib oldilar.

Tadbir yakunida esa super örta vazn toifasi WBA yönalişida jahon çempioni Isroil Madrimovga Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovğasi sifatida «Chevrolet Tahoe» maşinasi topşirildi.


Eslatib ötamiz, Saudiya Arabistonining Ar Riyod şahridagi «Kingdom Arena» majmuasida ötgan professional boks keçasida özbekistonlik boksçi WBA kamari uçun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarşi ringga kötarilib, şu vaqtgaça yengilmagan raqibini 5-raundda nokautga uçratgandi.
Şu tariqa Madrimov faoliyatidagi 10-jangida 9-ğalabasini va çempionlik kamarini qölga kiritdi.













