Seşanba kuni keçqurun Litva poytaxti Vilnyusda Aleksey Navalniyning safdoşi bölgan Leonid Volkovga hujum uyuştirildi. Hamkasblarining sözlariga köra, Volkovga uning uyi yaqinida hujum qilingan va u ma’lum vaqtni şifoxonada ötkazişiga töğri kelgan.
Navalniyning matbuot kotibi bölgan Kira Yarmiş tvitterdagi sahifasida Volkovning «maşinasi oynasi sindirilgani va köziga yoş sizdiruvçi gaz sepilgani, şundan keyin Leonidni bolğa bilan ura boşlaşgani» haqida yozgan.
Yarmiş şuningdek «Agenstvo» bilan suhbatda Volkov hujum qilgan şaxsdan maşina eşigi va oyoqlari bilan himoyalangani haqida aytib bergan. «Şuning uçun duç kelgan joyga — oyoqlariga urilgan», — deydi Yarmiş.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondi direktori Ivan Jdanov Volkovning hujumdan keyingi fotosuratlarini namoyiş etgan: uning yuzi şikastlangan va oyoği qonga belangan.
Voqea joyiga politsiyaçilar va tibbiyot xodimlari yetib kelgan, Volkovni şifoxonaga olib ketişgan.
Keyinroq muxolifatçining özi şifoxonadan uyga qaytganini ma’lum qildi. U tomonidan e’lon qilingan videomurojaatda qöli boğlab qöyilganini köriş mumkin.
Bölib ötgan hodisani u şunday tasvirlagan: «Ular meni töqmoqlab ezib taşlamoqçi bölişdi. Çindan ham. Uy hovlisida menga göşt maydalaş uçun möljallangan bolğa kötargan odam hujum qildi. Oyoğimga ön beş marta zarba berdi. Oyoq negadir butun qolgan. Yurganda oğriydi, ammo sinmaganini aytişdi. Lekin qölim singan».
U «heç qanday izoh berişga tayyor emasligi»ni bildirgan. «Körinib turgan narsalardan taşqari, bu Putindan, Peterburg banditidan şunday yaqqol, tipik, odatiy salomi edi. Vladimir Vladimiroviçga ham salom!» — degan Volkov.
Delfi portali qayd etişiça, Litva politsiyasi 12 mart kuni Vilnyusda «Rossiya fuqarosi» öz uyi atrofida kaltaklanganini tasdiqlagan. Xabarga köra, hujum mahalliy vaqt bilan soat 22:06 da röy bergan.
Jurnalist Sergey Parxomenko öz telegramida Volkov «şahar taşqarisida, osuda dala hovlilar posyolkasi»da yaşaşini yozgan. «Ya’ni bu tasodifiy köça bezorisi yoki talonçi bölmagan. Bu odam Volkovga hujum qiliş uçun ataylab öşa yerga borgan», — deb hisoblaydi Parxomenko.
Litva TIV rahbari Gabrielyus Landsbergis ham hodisaga munosabat bildirdi. «Leonidga hujum qilingan haqidagi xabar şokka tuşirdi. Tegişli organlar işga kirişgan. Aybdorlar öz jinoyati uçun javob berişi lozim», — deb yozgan u tvitter sahifasida.













