Soğliqni saqlaş vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda turli kasalliklarni davolaşi aytilayotgan biologik faol qöşimçalar va tabiiy giyohlarning reklamasi keng tarqalayotganiga e’tibor qaratib, biologik faol qöşimçalar davolovçi xususiyatga ega emasligini eslatdi.

«Xususan, yaqinda oziş uçun möljallangan, realizatsiya qiliş va saqlaş taqiqlangan mahsulotlarning röyxati e’lon qilingan edi.

Sönggi paytlarda esa internet tarmoğida qandli diabet va uning asoratlaridan xalos etişi va’da qilinayotgan biologik faol qöşimçalarning reklamasi avj olyapti», deyiladi xabarda. 

— Diabetning ikki turi mavjud bölib, birinçisi, organizmda insulin yetarli darajada işlab çiqarilmasligi, ikkinçisi esa hujayralarning insulinga sezuvçanligi pasayişi natijasida paydo böladi, — deydi Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori örinbosari Sevara Faxrutdinova.
 
— Qandli diabetga çalingan insonlarga asosan insulinoterapiya, ayrim hollarda vitaminoterapiya tayinlanişi mumkin.

Qolaversa, bunday bemorlar soğlom turmuş tarziga rioya qilişi, jismonan faol bölişi va qonda qand miqdorini kamaytiruvçi dorilarni muntazam qabul qilişi lozim. 

Diabetning ikki turini ham davolaş jarayoni kompleks yondaşuvni talab etib, u biologik faol qöşimçalar yordamida olib borilmaydi.  

Umuman olganda, biologik faol qöşimçalar inson organizmining fiziologik holati barqaror bölmagan hollarda uning funksional faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun möljallangan bölib, ular heç qanday davolovçi xususiyatga ega emas. 

Şifokorlik amaliyotida biologik faol qöşimçalarning «möjizaviy» ta’siriga işonib, an’anaviy davolaş usullaridan voz keçgan, ya’ni insulin qabul qilişni töxtatgan ayrim bemorlarda bir neça kun içida keton tanaçalari paydo bölişi va qand miqdori öta yuqorilab ketişi holatlari kuzatilgan. Oqibatda bemor giperglekemik koma holatiga tuşib qolişi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotgan biologik faol qöşimçalar qandli diabetga çalingan bemorlarni davolaşda samara bermasligi bilan bir qatorda, salomatlikka jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.