Raqobat qömitasi iste’molçilarni ogohlikka çaqirdi. Qayd etilişiça, qömita oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va biologik faol qöşimçalarga oid muntazam nazorat xaridlarini amalga oşirib kelyapti. 2023 yilda ötkazilgan 397 ta xariddan 24 tasi, 2024 yilda 560 ta xariddan 95 tasi, joriy 2025 yilda esa 618 ta xariddan 123 tasi sifat talablariga javob bermagan.
Şuningdek, hozirga qadar qömitaga uşbu mahsulotlar böyiça 2 345 dan ortiq fuqarolik murojaatlari kelib tuşgan. Ulardan 337 tasi, ya’ni 14 foizi biologik faol qöşimçalar va oziq-ovqat qöşimçalari bilan boğliq şikoyatlardir. Aksariyat hollarda fuqarolar televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar ta’sirida bu mahsulotlarni sotib olgan, ammo ular kutilgan samarani bermagan yoki soğliqqa salbiy ta’sir körsatgan.
Qömita aholini «barça kasalliklarni 1 oyda davolaydi» kabi haqiqatga töğri kelmaydigan reklamalarga işonmaslikka çaqirdi.
«Biologik faol qöşimçalar (BAQ) dori vositasi hisoblanmaydi va kasalliklarni davolaş uçun möljallanmagan. Ular faqat organizm faoliyatini qöllab-quvvatlaş yoki ayrim kasalliklarning oldini oliş (profilaktika) maqsadida qöllanişi mumkin», — deyiladi qömita xabarida.
Regulyator iste’molçilarga öz soğliğini birinçi öringa qöyişni va faqat Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan röyxatdan ötgan, rasmiy sertifikati mavjud mahsulotlardan foydalanişni tavsiya etyapti. Şu bilan birga, har qanday qöşimçani iste’mol qilişdan oldin şifokor bilan maslahatlaşiş zarurligi ta’kidlanyapti.

















