Davlat soliq qömitasi Özbekistonda yölovçi taşiş xizmatlaridan 3 oyda budjetga qança tuşum bölganini ma’lum qildi.

Qömitaga köra, naqd va naqdsiz hisob-kitoblarda tölovlarni fiskallaştiriş böyiça hamkorlikda olib borilgan işlar natijasida dekabr-fevral oylarida budjetga 9,7 mlrd söm soliqlar tölangan.

Soliq qömitasi bu sohani legallaştiriş işlari faol davom etayotganini ta’kidlarkan, rasmiy iş bilan band bölmagan şaxslar faoliyatlarini qonuniylaştirgan holda uşbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritiş böyiça boşlangan işlar yil söngiga borib özining ilk samarasini berganini ma’lum qilgan.

“Birinçidan, bozorning eng katta iştirokçilari soliq tizimlari bilan integratsiya qilinib, taksi xizmatlari uçun fiskal çek berilyapti.

Ikkinçidan, yölovçi taşiş xizmati bilan şuğullanuvçi özini özi band qilgan fuqarolarning rasmiy daromad manbai şakllanib, iqtisodiy harakatlarda daromad töğrisidagi ma’lumotlar (mehnat staji, ipoteka, iste’mol kreditlari, tovarlarni bölib tölaş) hisobga olina boşlandi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lum qilinişiça, 2023 yil dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln taşuvlar amalga oşirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga yetgan. Taşiş xizmatlari 113,5 ming nafar özini özi band qilgan haydovçi tomonidan körsatilgan.

Bu raqamlar yanada ösişda davom etyapti va 1 mart holatiga jami körsatilgan taksi xizmatlari soni 18,3 mlndan oşdi. Şundan 8,9 millioni fevral oyiga töğri keladi. Eng yuqori aylanmaga ega şaxslar soni 8 446 ta bölib, bitta haydovçiga örtaça 8,5 mln sömdan töğri kelgan, deyiladi qömita axborotida.

Soliq organi bu yönalişda yeçimini kutayotgan va oxiriga yetkazilişi kerak bölgan yana bir qator masalalar borligini qöşimça qilgan.

Avvalroq Yandex Go xizmati Soliq qömitasining talabi bilan Özbekiston rezidentiga aylanib, qonunçilikda belgilangan barça soliqlarni tölay boşlagani, şu bilan bir paytda haydovçilardan oladigan xizmat komissiyasini oşirgani xabar qilingan edi. Soliq qömitasi uşbu kompaniya 1-6 dekabr oraliğida 13,5 mlrd sömlik 800 483 ta çek şakllantirganini ma’lum qilgandi. Bu paytda Yandex Go faqat karta orqali tölovlar uçun çek berardi. Fevral oyidan boşlab kompaniya Yandex Go taksi uçun naqd pulda tölov qilgan yölovçilarga ham elektron fiskal çeklar berila boşlandi