Toşkent şahrida voyaga yetmagan qizga şahvoniy şilqimlik qilgan 22 yoşli taksi haydovçisi 5 sutkaga qamaldi. Gazeta.uz sud qarori hujjatini örgandi.

2024 yil 12 mart kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida şahvoniy şilqimlik huquqbuzarligi sodir etilgani yuzasidan oçiq sud bölib ötdi.

Hujjatga köra, sud majlisida jabrlanuvçining onasi öz körsatuvida ma’lum qilişiça, 2024 yil 9 mart kuni voyaga yetmagan qiziga uyga borişi uçun taksi çaqirgan. Yöl davomida haydovçi M.Ğ. qizga turli mazmundagi savollar bergan va suhbati davomida uning ismini, taksini kim çaqirib berganini söragan. Qiz haydovçiga yoşi 15 da ekanini aytsa ham unga tegajoğlik qilişni töxtatmagan, uning qanday çiroyli ekani haqida şahvoniy xususiyatga ega bölgan sözlar aytgan.

M.Ğ. öz suddagi körsatuvida aybiga töliq iqror bölib, bu kabi holat boşqa takrorlanmasligini, öziga tegişli xulosa çiqarganini, unga nisbatan yengillik berişni söradi.

Sud M.Ğ.ni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida (şahvoniy şilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topib, unga nisbatan 5 (beş) sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Avvalroq ham Toşkentda yölovçi ayolga şilqimlik qilgan boşqa bir taksi haydovçisi 5 sutkaga qamalgandi.