“Toşkent qişloq xöjalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qöyliq ulgurji bozori nomi bilan tanilgan) faoliyati rasman tugatildi. Korporativ axborotlar yagona portaliga köra, jamiyat aksiyadorlarining umumiy yiğilişi 29 fevral kuni şunday qarorni qabul qilgan.

AJ rasmiy saytiga 1 mart kuni joylangan axborotga köra, jamiyat hududida tadbirkorlar faoliyati 5 yanvardan boşlab tugatilgan.

“Şu ötgan ikki oy davomida bozor faoliyatini qay tartibda davom ettiriş, ta’mirlaş, rekonstruksiya qiliş böyiça biror bir rasmiy yoki norasmiy ma’lumotlar bugungi kunda mavjud emasligi, bozor faoliyati ikki oydan buyon töxtab turgan bölsa-da yer soliği, mulk soliği hisoblanişi davom etib turganligi, bu holat davom etsa jamiyatning moliyaviy ahvoli qiyinlaşib qolişi kutilişi sababli jamiyatni yuridik şaxs sifatida ixtiyoriy tugatiş maqsadga muvofiq deb topilgan”, – deyiladi aksiyadorlar qarorida.

Ta’kidlanişiça, agar zaruriyat yuzaga kelganda, davlat idoralari yoki boşqa tegişli taşkilotlar tomonidan takliflar bildirilsa, jamiyat faoliyatini tugatiş işlarini töxtatib, tiklaş imkoniyati mavjud

Xususan, hududdan samarali foydalaniş böyiça takliflarga asosan, “aholiga manfaatli bölgan biror yönalişda hududda biror samarali faoliyat turi taşkil etilişi mumkinligi” qayd etilgan.

Hujjatga köra, AJ aksiyalarining 93,2 foizi Toşkent şahar hokimligi, qolgan 6,8 foizi mehnat jamoasiga tegişli. Likvidatsiya haqidagi qarorni qabul qilişda kvorum 94,33 foiz bölgan.

Tugatilayotgan bozor böyiça murojaatlar bu haqda e’lon qilinganidan boşlab ikki oy davomida qabul qilinadi.

2024 yil yanvarida Toşkent şahri hokimligi Qöyliq qişloq xöjaligi mahsulotlari ulgurji bozorida rekonstruksiya işlari boşlanişi (bu Qöyliq savdo markaziga taalluqli emas) haqida xabar bergan edi.

Hokimlik xabarida aytilgandiki, “bozorga keltirilayotgan mahsulotlar bozor hududiga siğmay, atrofidagi hududlarda, şu jumladan Çirçiq kanali böyida tartibsiz savdo amalga oşirilmoqda, avtomobil yöllarning tirbandligiga asosiy sabab bölmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda”.