Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabariga köra, körib çiqilayotgan davrda köçmas mulkni sotib oliş va sotiş böyiça 22,2 mingta şartnoma tuzildi. Ötgan oyga nisbatan bu körsatkiç 2 foizga oşdi.
Yil boşida bir qator hududlarda qayd etilgan faollikning pasayişi fevral oyida töliq tiklandi. Yuqori ösiş sur’atlari Toşkent – 14 foiz, Andijon – 16 foiz va Farğona– 13 foiz viloyatlarida qayd etildi.
Uy-joy ijarasi bozorida narxlarning pasayişi kuzatildi. Yanvar oyida ijara bozori 2,2 foizga pasaygan bölsa, fevral oyida esa 1,1 foizga pasayib, 1 kv.m. uçun 8,9 dollarni taşkil etdi.
Yillik hisobda ijara haqining eng köp pasayişi Olmazor, Şayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida 13 foizdan 18 foizgaça qayd etildi.
E’tiborlisi, Bektemir va Şayxontohur tumanlarida oylik ijara haqi oşdi, bu yerda uy-joyni ijaraga oliş mos ravişda 3,5 foiz va 2,5 foizga qimmatlaşdi.
Ijara haqining eng katta pasayişi Yaşnobod tumanida 6,3 foiz va Çilonzor tumanida 5,7 foizga qayd etildi.
Şayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi yuqoriligiça saqlanib qolmoqda. Bu tumanlarda uy-joyni ijaraga oliş örtaça kv.m. uçun 11 dollarga tuşadi.
Nisbatan arzon uy-joy ijarasi Uçtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida saqlanib qolmoqda va kv.m. uçun 6 dollardan 8 dollargaça özgarib turadi.













