Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 mart kuni ötkazgan yiğilişida «Yangi Özbekiston» massivlari qurilişini jadallaştiriş böyiça topşiriq berdi. 

Davlat rahbari uy-joy narxi keskin oşib ketişining oldini oliş uçun eng avvalo bozorda taklifni köpaytiriş zarurligini ta’kidladi. 

«Sönggi yillarda mamlakatimizda uy-joy quriş keskin köpaygani hisobiga quruvçilar ham, hokimlar ham katta tajriba orttirdi. Endi ular quriliş tannarxini pasaytiriş va uylar sifati bilan qattiq şuğullanişlari vaqti keldi. Qaysi vazir yoki hokim uy-joy narxi oşişi sababi içiga kirib, uning oldini oliş böyiça boş qotiryapti?

Uy-joy narxi keskin oşib ketişining oldini oliş uçun eng avvalo bozorda taklifni köpaytirişimiz zarur. Şu bois, viloyat hokimlari ikki hafta muddatda köp qavatli uy-joylar quriş uçun qöşimça 20 gektardan, Toşkent şahrida 60 gektar noqişloq yerlarni aniqlab, ikki oyda auksionga çiqarişi şart», dedi Şavkat Mirziyoyev.  

Davlat rahbari 1 iyulga qadar Yangi Özbekiston massivlaridagi 474 ta uy-joy qurilişini töliq yakunlab, foydalanişga topşiriş böyiça topşiriq berdi. Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi Farhod Ermanov, Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov va Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimovga qurilişi keçikayotgan 16 ta uyda quriliş işlarini 10 kun muddatda boşlaş böyiça topşiriq yuklatildi.

«Körib turibsizlar, aholimiz soni tez ösib boryapti. Buning uçun şunga mos uy-joy, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini barpo qilib borişimiz zarur. Agar biz odamlarni rozi qilamiz desak, uy-joy eng katta masala. 2024 yil ipoteka dasturi doirasida 80 mingta uy-joy quriş rejalaştirilgan. Bu juda kam. Oldimizga qöygan ulkan marralarga erişiş uçun uy-joy qurilişi hajmini har yili kamida 20 foizga oşirib borişimiz kerak. Buning uçun viloyat hokimlari budjet va bank puliga qarab ötirmasdan özlari ham investitsiyalarni jalb qilib, renovatsiya loyihalarni amalga oşirişi kerak», deya ta’kidladi davlat rahbari.

Ta’kidlanişiça, bugungi kunda hududlarda 38 ta massiv qurilişi boşlangan. Joriy yilda yana 17 ta massiv bunyod etiş közda tutilgan.

Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Farğona şahri, Farğona va Yozyovon tumanlarida «Yangi Özbekiston» massivlarini quriş boşlanib, 74 ta köp qavatli uylar qurilişi yakuniga yetkazilayotgani, bundan taşqari, massivlarning özida 75 gektarlik boğ qurilişi nihoyasiga yetayotganini aytib ötdi.