Yevropa Ittifoqi davlatlari bir neça oylik muhokamalardan söng 2024 yilda Ukrainaga kamida 5 milliard yevro miqdorida harbiy yordam körsatiş böyiça prinsipial kelişuvga erişdi. Bu haqda 13 mart, çorşanba kuni yilning birinçi yarmida Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Belgiya hukumati ma’lum qildi.
Bu «Ukraina özini Rossiyadan himoya qiliş uçun zarur bölgan qurol va öq-dorilarni olişini» ta’minlaşi kerak, deyiladi bayonotda. Qaror Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari tomonidan 18 mart kuni Bryusselda ötkaziladigan yiğilişda ma’qullanişi lozim.
Xabar qilinişiça, Yevropa Ittifoqi davlatlari Yevropa tinçlik fondini (EPF) isloh qiliş va uning hajmini oşirişga kelişib olgan. EPF mablağlari hisobidan Yevropa davlatlari Ukraina uçun harbiy tovarlarni birgalikda sotib olişni moliyalaştirişi va Kiyevga ikki tomonlama asosda körsatilgan harbiy yordam uçun qisman tovon puli olişi mumkin.
Germaniya va Fransiya talablari
Germaniya va Fransiyaning talablari tufayli muzokaralar çözilib ketdi. Mamlakatlarning EPF’ga hissasi Ukrainaga ikki tomonlama harbiy yordam yarmini hisobga olgan holda amalga oşirilişiga qaror qilinganidan keyin Germaniya hukumati kelişuvni qöllab-quvvatladi. Yevropa Ittifoqining eng yirik iqtisodiyoti sifatida Germaniya fonddagi uluşi 25 foizni taşkil qiladi. Berlin öz talabini Kiyevga töğridan töğri yordam köpinça Yevropa tuzilmalariga qaraganda tezroq va samaraliroq bölişi bilan oqladi. Germaniya joriy yilda Ukrainaga 7 milliard yevrolik qurol-yaroğ, öq-dori va jihozlar yetkazib berişga va’da berdi.
Fransiya, öz navbatida, EPF mablağlari harbiy tovarlarni faqat Yevropa işlab çiqaruvçilaridan sotib olişga sarflanişini ta’minlaşga harakat qildi, çunki ular, Parijda ta’kidlaganidek, «işlab çiqarişni kengaytiriş uçun uzoq muddatli buyurtmalarga muhtoj». Natijada, Yevropa kompaniyalari buyurtmalarni ustuvor tarzda qabul etişiga qaror qilindi. Agar ular mahsulotni öz vaqtida yetkazib bera olmasa, qurol sotib oliş Yevropa Ittifoqidan taşqarida, masalan, AQŞ yoki Janubiy Koreyada amalga oşirilişi mumkin.
Yevropa tinçlik jamğarmasi Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanişidan oldin tuzilgan va uning hajmi 2021 yildan 2027 yilgaça bölgan davrda atigi 5 milliard yevroni taşkil qilgan. Uruş boşlanganidan keyin jamğarma hajmi 12 milliard yevroga kötarildi, uning mablağlarining 5,6 milliardi Ukrainaga yordam beriş uçun ajratildi.













