Hindistonning Bangalor şahridagi mehmonxonada özbekistonlik sayyoh ayol böğib öldirilgan holda topildi. Bu haqda Times Now yozdi.
Manbaga köra, Zarina ismli sayohatçi ayol 5 mart kuni mehmonxonada röyxatdan ötgan. 13 mart kuni mehmonxona xodimlari u bilan boğlanişga harakat qilgan, biroq javob olinmagan. Şundan söng, zaxira kalit yordamida xonaga kirgaç, ayolni ölik holda topişgan.
Politsiyaning aniqlaşiça, Rahul Kumar ismli şaxs Zarina uçun 16 martgaça xonani band qilib qöygan.
Şuningdek, politsiya ehtimoliy dalillarni topiş uçun xonani tintuv qilgan. Xonaga kirgan şaxslarni aniqlaş uçun videokamera yozuvlarini va mehmonlar röyxatini tekşirişni boşlagan. Sirli holat yuzasidan tergov davom etmoqda.












