Ammo bu qarorni bekor qiliş uçun Rossiya davlat dumasi vakolatli emas, deb ta’kidlaşmoqda yuristlar Yelena Lukyanova va Karinna Moskalenko.

Deputatlar talabi

«Yedinaya Rossiya» deputatlari qonun loyihasida Qrim oblactini Ukraina SSR tarkibiga berişni «siyosiy boşboşdoqlik» deb ataşgan. Hujjat mualliflari SSSRning 1936 yilgi konstitutsiyasiga havola qilişmoqda va unga köra «davlat hokimiyatining ittifoq organlari bir ittifoqdoş respublikadan ikkinçisiga hududlarni olib beriş huquqiga ega emas»ligiga urğu berilmoqda.

Tsekov va Zatulinning fikriça, SSSR Oliy Soveti prezidiumi Qrim oblastini Ukraina SSRga beriş töğrisida farmon imzolab, ittifoqdoş respublikalar suverenitetini çeklagan va qarorni «ularning (ittifoqdoş respublikalarning) tasarrufi çegarasida» qabul qilgan. Şuningdek, qonunçilar ittifoq hokimiyati «Rossiya xalqining xohiş-irodasi»ni inobatga olmaganini eslatib ötgan.

Tsekov va Zatulin öz taşabbusini «tarixiy adolatni tiklaş» va Ukraina hukumati tomonidan taklif qilinayotgan «1991 yilgi soxta çegaralarga qaytiş»ni qamrab olgan tinçlik formulasini yöqqa çiqariş bilan tuşuntirişgan.

Yuristlar nima deydi?

SSSR Oliy Soveti prezidiumi ittifoqdoş respublikalar çegaralarini özgartiriş vakolatiga ega bölgan, deydi Moskva davlat universiteti va Oliy iqtisodiyot maktabida konstitutsion huquq kafedrasi professori bölib işlagan Yelena Lukyanova. Uning sözlariga köra, bu SSSRning öşa vaqtda amalda bölgan konstitutsiyasining 14-moddasi «d» bandida mustahkamlab qöyilgan. Moddada «oliy davlat hokimiyati organlari va davlat boşqaruv organlari ixtiyorida ittifoqdoş respublikalar örtasidagi çegaralarni özgartirişni tasdiqlab beriş» ham borligi qayd etilgan.

Rossiya davlat dumasi esa SSSR Oliy Soveti prezidiumi qarorlarini bekor qilişga haqli emas, deb hisoblaydi Lukyanova.

«Qonunni haqiqiy emas, deb topişning biror protsedurasi yöq. Qonun yo qabul qilinadi yo bekor qilinadi. Ular bekor qila olmasdan, noqonuniy deb topişga yopişib olganini tuşunsa böladi — endilikda yöq davlatning qonunini qanday bekor qiliş mumkin? Bu yerda huquqiy vorislik işlamaydi», — degan Lukyanova.

Qrimni Ukraina SSRga topşiriş qarorini bekor qiliş uçun na RF Davlat dumasida, na RF sud organlarida vakolat bor, degan advokat, BMT qoşidagi inson huquqlari böyiça kengaş eksperti Karinna Moskalenko. «Tarixni ortga qaytariş uçun heç qanday protsedura yöq. Bu xalqaro huquq me’yorlariga asoslanmagan, mutlaqo fantastik yeçim», — deb hisoblaydi u.