
Musobaqada Özbekiston milliy jamoasining ikki nafar a’zosi — Jasurbek Jaysunov (-80 kg) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg) iştirok etdi.

Quvonarlisi, har ikki sportçimiz öz janglarida ğalaba qozonib, tört yillikning eng muhim kompleks musobaqasi uçun litsenziyani qölga kiritdi.
Qayd etiş joiz, Xitoydagi musobaqadan söng milliy jamoamizdagi yöllanmalar soni töliq böldi - 4 ta. Bu natija Tokio-2020 Olimipiya öyinlarida ham sodir bölgan edi.
Ma’lumot uçun, Olimpiya öyinlari dasturiga köra, taekvondo VT sport turida ayollar va erkaklar 4 tadan vazn toifasida iştirok etadi. Har bir mamlakat federatsiyasi öz ixtiyoriga köra ayollar va erkaklar orasidan 2 tadan vazn toifasida yöllanmalar uçun qatnaşiş imkoniyatiga ega böladi.
Avvalroq, milliy jamoamizning ikki nafar a’zosi — Uluğbek Raşitov (-68 kg) hamda Svetlana Osipova (+67 kg) reyting oçkolari orqali Parij-2024 çiptasiga ega çiqqan edi.
Şu tariqa, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya öyinlarida milliy jamoamiz töliq tarkibda iştirok etadigan böldi:
-68 kg: Uluğbek Raşitov
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova.












