– Joriy yildan boşlab “Taşabbusli budjet” jarayonida “bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etilmoqda, endilikda har bir fuqaro “Taşabbusli budjet” jarayonlarida har bir mavsum doirasida faqat bitta loyihaga ovoz bera olişi mumkin böladi. Bu degani “Oçiq budjet” portali orqali fuqarolar ovoz berayotganda ularning ovoz berayotgan raqamlari qaysi şaxsga rasmiylaştirilganiga aniqlik kiritiladi. Bu böyiça mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan aloqa operatorlari bilan işlar yölga qöyilgan. Raqam egasining şaxsiga aniqlik kiritgan holda portalda qayd etib boriladi. Agar fuqarolar takroran özlariga tegişli sim-karta orqali ovoz beradigan bölsa, uşbu sim-kartaning ham tegişli ma’lumotlari olinib, portaldagi ma’lumotlar bilan soliştirilgan holda ikkinçi berilgan ovozlar avtomatik rad etiladi. Bu har bir berilayotgan ovozning qadrga ega bölişi va ovoz beriş jarayonlarini şaffof hamda haqqoniy ötkazilişi uçun joriy etilayotgan amaliyot hisoblanadi.

Aytaylik, fuqaroning bir neçta aloqa operatorlaridan 3-4 ta sim-kartasi bölsa ham, u aloqa operatoridan qat’i nazar, har qanday holatda uşbu raqamlar tegişli bölgan şaxsning ma’lumotlari bazadan kötariladi va bitta ovozi “Oçiq budjet”da qayd etiladi. Yuridik şaxslarning ovozlari ham endi portalda rad etiladi.

Birinçi marta ovoz berganda portal uni qabul qiladi va ikkinçi marta boşqa sim-kartasidan ovoz bersa, “hurmatli fuqaro, siz qaysidir raqamingiz orqali avval oçiq budjet portalida ovoz bergansiz” degan ma’lumot yuborgan holda ovozingizni rad etadi.

– Nega ovoz beriş jarayonlari boşlanişi 16 martga keçiktirildi?

– Bu yil ovoz beriş jarayonlari 13 martdan boşlanişi kerak edi, lekin texnik nosozliklar tufayli 16 martdan boşlanadi.

“Oçiq budjet” portali yildan yilga takomillaştirib borilyapti, har yangi mavsumda tegişli texnik yangiliklar qilinyapti. Joriy yildagi eng katta özgariş yuqorida qayd etganimdek “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyiliga ötilişidir. Bu portalda yuklamalar oşişiga sabab bölyapti, natijada ayrim nosozliklar kuzatildi, hozir mutaxassislar bu borada iş olib boryapti.

– 1-mavsumda loyiha kiritiş bosqiçi qanday ötdi?

– 1-mavsumda respublikamiz böylab 35 mingdan ortiq loyihalar ilgari surilgan bölsa, uşbu loyihalarning aksariyati içki yöllarni ta’mirlaş, maktablarni ta’mirlaş va jihozlaş, şuningdek, soğliqni saqlaş va maktabgaça ta’lim muassasalari ahvolini yaxşilaşga oid loyihalardan taşkil topgan.