Toşkentliklar 15 mart tongini kömir hidini eslatuvçi aççiq va qalin tutun bilan qarşi olişdi. Bu tutun asosan şahar atrofidagi issiqlik elektr stansiyalaridan kelib çiqayotgani ehtimoli katta. Ularning faoliyati natijasida atmosferaga katta miqdorda zararli çiqindilar tarqalmoqda. 

Tonggi soat 6:00 da Toşkent dunyoning havosi eng ifloslangan şaharlari röyxatida 2-öringa çiqdi.

Ma’lumot uçun, havodagi PM2.5 zarralari, öta mayda bölgani uçun, insonning nafas oliş tizimiga osongina kirib, öpkalarga va hatto qon aylaniş tizimiga yetib borişi mumkin. Bu zarralar nafas yöllari kasalliklari, öpka kasalliklari va yurak-qon tomir tizimi muammolarini keltirib çiqarişi mumkin. 

Toşkentdagi havoning bu darajada ifloslanişi aholi salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdiradi. Bu muammoga yeçim topiş va ifloslaniş manbalarini kamaytirişga qaratilgan çoralar hozirça samara bermayapti.