Nufuzli amerikalik senatorning fikriça, Isroil va AQŞning qaçonlardir barqaror va döstona bölgan ittifoqida xavfli yoriqlar paydo bölmoqda.

«Demokratik mamlakat sifatida Isroil öz yetakçilarini tanlaş huquqiga ega, — degan Şumer, — va biz soqqalar qanday tepilgan bölsa şunday tuşişiga yöl qöyişimiz kerak».

Çak Şumer Netanyahuning Ğazodagi uruşga yondaşuvini keskin tanqid ostiga olib, uni «tinçlik yöliga tösiq» deb atagan.

U Netanyahu Ğazodagi tinç aholi örtasidagi qurbonlarga panja orasidan qaragani, bu esa Isroilning dunyoda dastaklaniş darajasini tarixiy past darajaga tuşirişini ta’kidlagan. Isroil agar e’tibordan qolsa, yaşab qololmaydi, degan Çak Şumer.

«Netanyahuning koalitsiyasi 7 oktyabrdan keyin Isroilning talablariga ortiq javob bera olmaydi. Dunyo tubdan özgardi, Isroil xalqi esa miyasi ötmişda qotib qolgan hukmron koalitsiya tomonidan ezilmoqda», — degan senator.

Şumerga köra, mojaroni hal qilişning yagona usuli ikkita davlat taşkil qiliş.

«Isroil bilan yonma-yon, xavfsiz, gullab-yaşnab va teng şaroitlarda yaşovçi qurolsizlantirilgan Falastin davlati bölişi kerak», — degan Şumer. Senatorning qayd etişiça, Netanyahu Falastin davlatçiligi ğoyasini rad etib, Isroilning ham kelajagini xavf ostida qoldirmoqda.

«Isroilning kelajagi borasida yangi muhokamalarni boşlaş lozim, — deya qöşimça qilgan u. – Mening fikrimça, buning eng yaxşi yöli yangi saylovlar ötkazişdir».

Isroildagi keyingi umummilliy saylovlar 2026 yil oktyabriga möljallangan.

«Isroil — banan respublikasi emas»

Şumer - Amerika hukmron elitasidagi eng martabali etnik yahudiy hisoblanadi.

Uning Netanyahu izdan çiqib ketgani haqidagi oçiq bayonoti Ğazo sektoridagi vaziyat böyiça Isroil rahbariyatini töğridan töğri tanqid qilişdan qoçişga harakat qilayotgan boşqa amerikalik siyosatçilar ritorikasidan keskin farqlanadi.

Şumer Senatdagi 25 yillik faoliyati mobaynida Isroil siyosatini qöllab-quvvatlab kelgan. Ammo Isroilning Ğazodagi amaliyoti köp sonli qurbonlarga olib kelişi, uning fikriça, Isroilni nazardan qoliş xavfini yuzaga keltirdi, çunki boş vazir Binyamin Netanyahu «özining siyosiy tirikligini mamlakat manfaatlaridan ustun qöydi».

Şumerning sözlariga köra, Isroil rahbariyati Ğazodagi tinç aholini yaxşiroq himoya qiliş çoralarini köriş orqali öz yönalişini imkon qadar tezroq töğrilaşi kerak.