Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Toşkentda Qozoğiston boş vaziri Öljas Bektenov boşçiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
Qayd qilinişiça, uçraşuvda Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi köp qirrali şeriklikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Xususan, bölajak oliy darajadagi qöşma tadbirlarga tayyorgarlik doirasida hamkorlikning yangi kun tartibini şakllantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş jarayonida, şu jumladan vakolatli vazirlar boşçiligidagi işçi guruh doirasida tösiqlarni bartaraf etiş va özaro kelişilgan çoralarni köriş zarurligi qayd etildi.
Mamlakatlar strategik şerikligida muhim yönalişlar bölgan sanoat, transport va logistikada kooperatsiyani kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Ustuvor tarmoqlardagi investitsiya dasturlarining yangi portfelini hamda transport va energetika sohasidagi mintaqaviy ahamiyatga ega infratuzilmaviy loyihalarni faol ilgari suriş maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni tubdan kengaytiriş maqsadida hukumatlar darajasida yaqin va tizimli aloqalarni davom ettiriş muhimligini ta’kidladi.













