Ma’lumki, 2023 yil 23 dekabrda davlat rahbari raisligida ma’naviy-ma’rifiy işlar tizimini tubdan takomillaştiriş, bu borada davlat va jamoat taşkilotlarining hamkorligini kuçaytiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişida ma’naviy-ma’rifiy yönalişda muhim vazifalar belgilab olingan edi. Bugun oliy ta’lim muassasalarida uşbu topşiriqlar ijrosiga yangiça yondaşuvlar asosida kirişilgani ijobiy natija bermoqda.

Jumladan, mazkur sohadagi işlarni samarali yölga qöyiş maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Farğona davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari rektorlari uçun "Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş - boş maqsadimiz" hamda Farğona politexnika institutida "Özbekistonda ilğor muhandislik maktablari: konsepsiya va istiqbollari" mavzularida öquv-seminari ötkazildi.

Seminar avvalida Farğona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti yangi öquv binosining oçiliş marosimi ötkazildi. Unda Farğona viloyati hokimi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, respublikaning barça davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ilm ahli hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Aytiş kerakki, seminarga mezbonlik qilayotgan Farğona davlat universiteti özining salkam bir asrlik mahorati bilan yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda katta tajriba maktabini yaratgan. Buning samarasi - oliygohdan yetişib çiqayotgan respublika va xalqaro tanlovlar ğoliblari, köplab davlat stipendiyalari sohiblari, çempion talabalar, davlat va jamiyat boşqaruvida munosib öringa ega kadrlar, ilmiy tadqiqotlar yaratayotgan yoşlar natijalarida aks etmoqda.

Mehmonlar bu maskanda talabalarga yaratilgan qulay şart-şaroitlar, ma’naviyat saroyi, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, öquv xonalari, ilmiy kafedralar, media markaz, kutubxona, ovqatlaniş, dam oliş, axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanişdilar.

Dunyo standartlariga mos ravişda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur öquv bino dizayniga innovatsion yondaşilgani har bir detalda öz aksini topgan va bu iştirokçilar e’tirofiga sazovor böldi.