Qardoş elning taşrifi Farğona davlat universitetida katta bayramga aylanib ketdi.
Ikki qardoş xalq şoiri ijodiga bağişlangan körgazmalar, qoraqalpoq xalqining uluğvor milliy madaniyati va turmuş tarzi aks etgan körinişlar, qoraqalpoq ötovi namoyişi iştirokçilar qalbiga özgaça ruh olib kirdi.
Tadbir doirasida ikki elning ardoqli şoiri qoldirgan boy ma’naviy meros, vatanparvarlik ğoyalari mavj urgan ijodi, ibratli hayot yöliga bağişlangan "Ibroyim Yusupov" xonasining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Uşbu tadbirlar doirasida qardoş mehmonlar, xalqaro vakillar, FarDU rahbariyati, professor-öqituvçilar, adabiyotşunos olimlar, ijod ahli, ilmiy izlanuvçilar hamda talaba-yoşlar iştirokida "Filologiyaning dolzarb muammolari va innovatsion yeçimlar" nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning rasmiy qismi ham ötkazildi.


Xalqaro anjumanda söz olgan Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi Örazboy Abdurahmonov Farğona davlat universiteti jamoasi tomonidan Ibroyim Yusupov xotirasiga körsatilayotgan hurmatni qoraqalpoq eliga körsatilgan ehtirom deya bilişini alohida e’tirof etdi. "Bu sohada oliygoh rektori Bahodirjon Şermuhammadovdan örnak olmoqdamiz", - dedi u.
Şuningdek, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, yozuvçi adib Nurali Qobil ham yuksak darajada taşkil etilgan anjuman va adabiy keçada iştirok etayotganidan baxtiyor ekanligini bildirdi.
Tadbir mehmonlari - Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika universiteti rahbariyati tomonidan döstlik va hurmat ramzi sifatida universitet rektoriga minnatdorçilik tuhfasi - qoraqalpoq milliy libosi taqdim etildi.


Uşbu adabiy-badiiy keçada Ibroyim Yusupov asarlari asosida yaratilgan spektakl namoyiş etildi. Adib ijodiga oid muşoira, özbek va qoraqalpoq tillarida jaranglagan qöşiq va şe’rlar, ijro etilgan raqslar keçaga fayz bağişladi.
Tadbirlar dasturi qizğin davom etar ekan, kunning ikkinçi yarmida iştirokçilar FarDU hayoti bilan tanişuv doirasida “Zakovat” intellektual klubi tomon yöl oldilar. Qiziqarli tarzda keçayotgan talabalar munozaralari mehmonlarda özgaça taassurot qoldirdi va bevosita öyinda iştirok etişga bel boğladilar.


















