Avaz ota Mazaidov ayni paytda Farğona davlat universiteti talabasi. Uç qizning otasi, 11 nevara bobosi bölgan talabani köpçilik universitet öqituvçisi deb öylaydi. “Oliy ma’lumotli bölişning erta, keçi yöq. Bolalikdagi orzumga 70 yoşimda erişdim”, – deydi u.
“Turmuş örtoğim oliy ma’lumotli bölgani uçun köp bahslaşardik. Diplomim yöqligidan uning yonida xijolat bölardim. Kun kelib baribir talaba bölaman deb jiddiy ahd qilgan edim. Nasibamiz qöşilgan ekan. Avval yuridik texnikumini tamomladim. Endi esa Farğona davlat universitetining “Yurisprudensiya” fakulteti 3-kurs talabasiman.

Har kuni Qöqondan Farğona şahriga qatnayman. Kursdoş döstlarim nevaralarim qatori. Öqişga kelişda yöl-yölakay özimga yaqin kursdoşlarimni uyqudan uyğotib maşinamga solib olib kelaman. “Avaz toğa” deb hazil qilişadi doim ular. Kursdoşlarimni töğri tuşunaman.

Uç nevaram özim qatori talaba. “ToşMI”da öqiydigan nevaram har doim bobojon joningizni qiynab şu yoşingizda öqib nima qilasiz, özimiz sizni boqib olamiz deya köp aytadi. Uning gapiga javoban bakalavrdan keyin hali magistratura, aspiranturada öqişni ahd qilganimni aytaman. Şundan keyin bu mavzu yopiladi. Soğ-salomat bölsak, öşa kunga ham yetarmiz.

Xatim xunuk bölgani uçun nevaralarim darslarimni qilişda yordam beradi. Ötilgan darslarni daftarga tuşirib berişadi.

Universitetda köpçilik öqituvçi deb öylaydi. Ustozlarning örindiği yumşoq böladi-ku. Tanaffus paytida ularning joyiga ötirib olganimda taşqaridan eşikni oçib öquv xonasiga kirmoqçi bölgan talabalar meni körib öqituvçi deb öylab, uzr sörab çiqib ketişadi. Kulib qöyaman...


















