Oziq-ovqat quruqlik va havo orqali ham yetkazib berilmoqda, ammo Ğazo sektoridagi hozirgi talabni qondiriş uçun buning özi yetarli bölmayapti.

Dengiz missiyasi Amerikaning World Central Kitchen (WCK) xayriya taşkiloti orqali amalga oşirildi, asosiy moliyaviy donor — Birlaşgan Arab Amirliklari, ispanlarning xayriya taşkiloti esa kema taqdim etgan.

Insonparvarlik yordamining ilk partiyasi orqali guruç, un, loviya, konservalangan sabzavotlar hamda konservalangan oqsilli mahsulotlar olib kelingan.

Ayni vaqtda WCK butun aholisi oçlikka mahkum bölgan Ğazo uçun yordamning ikkinçi partiyasini tayyorlamoqda.

World Central Kitchen asosçisi, taniqli şef-oşpaz Xose Andres Twitter sahifasida sohilga tuşirilgan oziq-ovqatlar 12 ta yuk maşinasiga ortilganini ma’lum qilgan.

Anklavda port yöq, şu tufayli yuklarni qabul qiliş uçun vaqtinçalik priçal taşkil qilingan — uning qurilişida vayron bölgan binolarning qoldiqlaridan foydalanilgan.

Yordam ortilgan yuk maşinalari qayerga yöl olinişi va sektor böylab qanday taqsimlanişi hozirça aniq emas.

Agar uşbu dengiz missiyasi muvaffaqiyatli deb tan olinsa, insonparvarlik yuklari ortilgan boşqa kemalar ham Ğazoga yöl oladi. Ular töğridan töğri anklavga yetib boriş uçun yaqinda oçilgan dengiz yölagidan foydalanadi.

Insonparvarlik yuklari tuşirilişi uçun vaqtinça priçal. Foto: Reuters

Yuklar Kiprda Isroil xodimlarini ham öz içiga olgan jamoa tomonidan xavfsizlik tekşiruvidan ötkaziladi, bu yuk tuşiriş vaqtida şunday tekşiruvga bölgan zaruratni bekor qiladi va yordam yetkazib berilişidagi keçikişlarni kamaytiradi.

Avvalroq AQŞ Ğazo sohilida dengiz orqali yetkazib beriş hajmini oşiriş maqsadida suzib yuruvçi dok qurmoqçi ekani ma’lum qilingandi. Oq uyga köra, bu orqali Ğazoga kuniga ikki million porsiya yemak yetkazib berilişi ta’minlanişi mumkin. Ammo hozirça borti dok qurilişi uçun jihozlangan harbiy kema anklavgaça yetib bormagan.

Yordamni dengiz orqali yuborişga qanday zarurat bor?

HAMASning 7 oktyabr kungi hujumidan keyin Isroil Ğazoda harbiy amaliyot boşlagan va anklav taşqi dunyodan butkul uzilib qolgan.