Avvalroq, Samarqandda fuqarolardan biri yoş bolani Damas içida oyoğidan zanjirlab qöygani haqida xabar bergandik. Bolaga nisbatan bunday tarzdagi zöravonlik holati Bolalar ombudsmani tomonidan ham örganilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, zanjirlangan bola 13 yoşda bölib, u Paxtaçi tumani Qalqon-jasorat harbiy sport maktabining 6-sinfida öqiydi.
Bolaning vasiylari J.S. va E.M. mazkur maktab öqituvçisi X.Ş.ni çaqirib, xulqi oğirligi tufayli uni Samarqand viloyati Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam körsatiş markaziga olib borişni söragan.
2024 yil 15 mart kuni öqituvçi bolani göyoki maşinadan tuşib qoçib ketmasin degan vaj bilan Damas’ning orqa örindiğida ğayriqonuniy tarzda oyoqlarini temir zanjir bilan boğlab qöygan.
“Hozirda voyaga yetmagan Ş.Ş.ga tibbiy, psixologik va ijtimoiy kömak körsatilişi çoralari körilmoqda. Bola qanday xulqda bölişidan qat’i nazar, unga nisbatan bunday ğayriinsoniy, noqonuniy çora körilişiga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi. Bu bolaning erkinligi va şaxsiy daxlsizligi huquqiga ziddir. Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan bunday tarzdagi zöravonlik holati yuzasidan öz kuzatuvini davom ettiradi”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Ma’lumot uçun, holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilib, bolani zanjirlab qöygan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zörlik işlatib, ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda iş yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni prokuratura tomonidan nazoratga olingan.













