Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahrida fuqarolardan biri yoş bolani Damas içida oyoğidan zanjirlab qöygani haqida video va xabarlar tarqaldi.
Hodisa yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev munosabat bildirdi. Unda aytilişiça, holat 16 mart kuni sodir bölgan.
Şu kuni viloyat IIB «102» operatoriga Samarqand şahar Gagarin köçasida bir bola Damas maşinasida oyoği zanjir bilan kişanlangani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, hududga IIB xodimlari borib, holatni rasmiylaştirişgan.
«Hozirda bolaga nisbatan uşbu harakatlarni sodir etgan şaxsga nisbatan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolani Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirib, psixolog yordamida zaruriy kömaklar beriş çoralari körilmoqda», deyiladi munosabatda.
Boş prokuratura matbuot xizmati Samarqandda bolaga nisbatan zörovonlik qilingani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida ma’lum qildi.
Hozirda içki işlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani, tergov jarayoni nazoratga olingani qayd etilgan.












