UZCARD bir vaqtning özida ham Özbekiston futbol assotsiatsiyasi, ham Özbekiston Professional futbol ligasining rasmiy hamkoriga aylandi. 

12 mart kuni tomonlar örtasida şartnoma imzolandi. OAV vakillari iştirok etgan marosimda UZCARD boş direktori Olim Zakirov, UZCARD kuzatuv kengaşi a’zolari Aziz Yusupov hamda Kamron Akbarov, şuningdek, ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov, taşkilot boş kotibi Avaz Maksumov hamda ÖzPFL boş direktori Diyor Imomxöjayev iştirok etdi. 

«UZCARD 2023 yil davomida Toşkentning «Paxtakor» klubi bilan samarali hamkorlik olib bordi va 2024 yilga kelib mamlakat futboli rivoji yölida hamkorlik qamrovini kengaytirişga qaror qildi. Endilikda UZCARD  nafaqat milliy çempionat uçraşuvlari, balki milliy jamoalar tasnifida ham namoyon böladi. 

Şartnoma imzolaş marosimida yil yakuniga qadar bölgan aniq dastur va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Işonamizki, UZCARD bilan mamlakat futboli yana bir qadam oldinga taşlaydi. Jahon çempionati saralaş uçraşuvlari oldidan amalga oşgan mazkur kelişuv biz uçun öziga xos ramziy ahamiyat kasb etadi», deyiladi PFL matbuot xizmati xabarida.