Ukrainadagi uruşning 752-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Odessada raketa zarbasi qurbonlari soni 21 nafarga yetdi, 70 dan ortiq kişi jarohatlangan.
  • Zelenskiy Odessaga hujum yuzasidan munosabatida «rossiyalik qotillar adolatli reaksiyani his qilişi»ni aytdi. U Ukraina Rossiyaning «eng ojiz joylari»ga zarbalar berişda davom etajagini ma’lum qildi.
  • Samara oblastida dronlar ikkita neftni qayta işlaş zavodiga hujum uyuştirdi. Ukrain naşrlari manbalari bu hujumlar ortida Ukraina qurolli kuçlari turganini yozişgan.
  • Belgorod şahri öqqa tutilişi oqibatida bir kişi halok böldi, oblast hududida dron avtomobilga urilişi oqibatida beş kişi jarohatlangan.
  • Belgoroddagi savdo markazlari va maktablar şaharga zarbalar davom etayotgani tufayli yopilgan.
  • Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod va Kursk oblastlari osmonida dron va raketalar urib tuşirilayotganini xabar qilmoqda.
  • «Rossiya köngillilar korpusi» asirlar aks etgan video e’lon qilib, Belgorod oblasti gubernatorini muzokaralarga çaqirdi.
  • Sverdlovsk oblastidagi saylovçilar ularni DXR va okkupatsiya qilingan Zaporijjyadagi uçastkalarga biriktirişganini payqaşgan.

Belgorod

Belgorod sönggi kunlarda Ukraina tomonidan muntazam ravişda öqqa tutilmoqda. 16 mart kuni Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov hujum oqibatida bir kişi halok bölib, kamida 11 kişi yaralangani haqida ma’lum qildi. Fotoda — uşbu zarbalar oqibatlari aks etgan: snaryadlardan biri kelib tuşişi oqibatida bir neça avtomobil butkul yonib ketgan. 17 martga ötar keçasi şahar öqqa tutilişi davom etdi, 16 yoşli qiz halok bölgan.
Foto: Vyaçeslav Gladkovning Telegram-kanali

Rossiya pozitsiyalarini şturm qilayotgan «Edelveys» brigadasi

Xarkiv oblastining Kupyansk şahri — RF qurolli kuçlari yoppasiga hujumga ötgan yönalişlardan biri. Şahar keng kölamli bosqinning ilk kunlarida Rossiya armiyasi tomonidan egallangandi va ukrain armiyasi uni 2022 yil kuzida qaytarib oldi. Şundan buyon Kupyansk muntazam ravişda öqqa tutiladi va RF qurolli kuçlari tomonidan qayta bosib olinişi xavfi mavjud. Bu yerda Ukraina qurolli kuçlari quruqlik qöşinlari tarkibidagi «Edelveys» 10-alohida toğ-şturm brigadasi Rossiya armiyasining muntazam hujumlariga qarşi turibdi. Fotoda — brigada jangçilari BMPda Sinkovka qişloği atrofidagi pozitsiyada rossiyaliklar istehkomlarini şturm qiliş uçun yöl olmoqda, 2024 yil 11 mart