Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining Sergeli tumanida taşkil etilayotgan Yoşlar boğiga köçat ötqazdi.

Prezident taşabbusi bilan 2021 yildan buyon «Yaşil makon» umummilliy loyihasi amalga oşirilmoqda. Jumladan, ekologik vaziyatni yaxşilaş maqsadida Toşkentning «yaşil belboği» taşkil etilmoqda. Yoşlar boği şu halqaning muhim böğini böladi.

Davlat rahbariga boğ loyihasi haqida axborot berildi. Uning maydoni 75 gektardan ziyod bölib, hududi jihatidan poytaxtda «Yangi Özbekiston» boğidan keyin ikkinçi örinni egallaydi. 

Boğ yettita katta hududga bölinadi. Markaziy xiyobonda turli maydonlar, ming örinli oçiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar barpo etiladi.

Oçiq havoda ovqatlaniş va qiziqarli maşğulotlar uçun alohida joylar böladi. Musiqiy favvoralar, oçiq osmon ostidagi kinoteatr, san’at körgazmalari va lazer-şou imkoniyatlari yaratiladi. Bolalar uçun sport va öyin maydonlari, maşhur ertaklardagi qişloqlar, ustaxona, kutubxona taşkil etiladi. Sun’iy köl, kanoe va suziş havzasi, baliq ovi dam oluvçilarga huzurbaxş böladi.

19 mart kuni Toşkent şahri jamoatçiligi, davlat taşkilotlari va diplomatik korpus vakillari, yoşlar iştirokida boqqa köçatlar ekildi.

Prezident boğ loyihasida qatnaşayotgan investor va loyihaçilar, çet ellik diplomatlar bilan muloqot qildi.

- Xalqimiz qayerda bölsa, daraxt ekişga intilgan. Amir Temur Samarqand atrofida sölim boğlar barpo etgan, boşqa şaharlarni ham obod qilgan. Buyuk bobolarimizga munosib bölib, bu işlarni qilyapmiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari boqqa kelgan yurtdoşlar bilan suhbatlaşib, ularni Navröz bilan tabrikladi. 

Boqqa birinçi bosqiçda ming tupdan ziyod kaştan, eman, şarqiy çinor, qizil kurtak, magnoliya, gujum kabi manzarali daraxtlar hamda buta va gullar ekiladi. Loyiha yakuniga qadar ularning soni 20 ming tupga yetadi.