Prezident Toşkent şahrini aylandi

75 gektardan ortiq maydonni egallaydigan va Toşkentda hududi jihatidan ikkinçi yirigi böladigan boğga birinçi bosqiçda ming tupdan manzarali daraxtlar hamda buta va gullar ekiladi. Loyiha yakuniga qadar ularning soni 20 ming tupga yetadi. Prezident yangi boğda çinor köçatini ötqazdi.

Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi quyuv-mexanika zavodi işini közdan keçirdi. Zavodda 2024 yilda eksport hajmini 15 mln dollarga yetkaziş rejalaştirilmoqda.

Prezident Toşkent yölovçi vagonlarni quriş va ta’mirlaş zavodini borib kördi. Mirziyoyev vagonlarning dizaynini özgartiriş, yölovçilarga qulayliklarni oşiriş zarurligini ta’kidladi. Elektr poyezdlar tarmoğini kengaytirib, aholini köp tumanlarga olib boriş, sohaning alohida generatsiya quvvatlarini taşkil etiş böyiça topşiriqlar berildi. 

Maktablarda ta’til 21 martdan boşlanadi

Bahorgi ta’til 7 kun davom etadi, sönggi çorak darslari 28 mart kunidan boşlanadi. 

Navröz kunlari seryoğin ötişi kutilmoqda

20-22 mart kunlari Özbekiston hududi böyiça yomğir yoğadi, 20-21 mart kunlari yomğir ayrim joylarda kuçli böladi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Respublika hududi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin, deyiladi UzHydroMet xabarida. 

Navröz bayramlarida jamoat transporti jadvali

Navröz bayrami munosabati bilan uzun dam oliş kunlarida poytaxt Toşkent şahridagi jamoat transporti harakati tartibi ma’lum qilindi. 

Qariyb yarim kilo oltinni Toşkentga olib kelib sotmoqçi bölgan uşlandi

463,94 gramm sof quyma oltinning narxi 368 mln sömga baholangan. Uni Toşkent şahrida ötkaziş uçun olib ketayotgan yigit Bulunğur tumanidagi “Yuqori nuqta” YPX maskanida huquq-tartibot organlari tomonidan uşlangan. 

Namangan viloyatida qalbaki 9400 dollar uşlandi

9400 dollar miqdoridagi qalbaki valutani Qirğizistondan olib kirgan şaxs ularni haqiqiy 5200 dollarga almaştirmoqçi bölgan. 

Qaşqadaryoda Navröz sayli ötkazilayotganda gazballon portlab ketdi

Kökdala tumanida 18 mart kuni ötkazilgan sayilda portlagan gazbalondan jabrlangan 37 kişi şifoxonaga olib borilgan, şundan 7 nafari statsionar davolanişga yotqizilgan. Prokuratura holat yuzasidan jinoyat işi qözğadi.  

KUN VIDeOSI

Buxoro viloyatining Kogon tumanida maktab öquvçilarini olib ketayotgan avtobus iştirokidagi mudhiş avtohalokat videosi paydo böldi

Öquvçilarini Buxoro şahriga teatr tomoşasiga olib ketayotgan hamda ikkinçi darajali yöldan çorrahaga katta tezlik bilan çiqib kelgan avtobus asosiy yöldan kelayotgan beton qoruvçi maşina bilan töqnaşgan. Videoda körinişiça, çorrahada öşa vaqtda svetofor işlamagan, çorrahada harakatni tartibga soliş uçun YPX inspektori ham bölmagan. 

Özbekistonlik erkaklar Amerikada ham xotinini öldirişda davom etişmoqda

Faqat bu safar qotil öz joniga ham qasd qilgan. Pensilvaniya ştatida özbekistonlik 43 yoşli Durdona Sultonova sobiq eri 44 yoşli  Sarvar Olloberganov tomonidan otib öldirilgan. Ma’lumotlarga köra, ular Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvçilari bölişgan. 

KUN RAQAMI

2024 yilning dastlabki ikki oyida Özbekistonda savdo sohasida yangi korxonalar eng köp taşkil etilgan — 4792 ta.

Jami yangi oçilgan korxona va taşkilotoar soni 13 ming 276 tani taşkil etgan. 

Özbekistonda pensiyaning eng kam miqdori minimal iste’mol xarajatlaridan oz bölmasligi belgilandi

2024 yil uçun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kişi boşiga 1 oyga 621 ming söm deb belgilangan. Şuningdek, pensionerga hisoblangan, lekin talab qilib olinmagan pensiya summasini tölaş muddati 12 oydan 24 oygaça uzaytirildi. 

Soliq organlari ayrim huquqlari bekor qilindi

Soliq organlari xodimlari kameral tekşiruvlarni ötkazişda soliq tölovçi hududiga kiriş, binolarini közdan keçiriş, soliq tölovçidan hujjatlarni talab qilib oliş va uni çaqirtiriş, hujjatlar va buyumlarni olib qöyiş huquqlari bekor qilinmoqda — Vazirlar Mahkamasi qarori. 

Qozoğiston va Özbekiston transçegaraviy daryolarda suv hisoblagiçlarini örnatadi

Ikki davlat mutaxassislari suv hisoblagiç örnatiladigan joylarni kelişib olmoqda. Loyihaga xalqaro taşkilotlarni jalb etiş böyiça ham muzokaralar olib borilmoqda.

«Suv hisoblagiçlarini örnatiş har ikki davlat tomonidan iste’mol qilinadigan suv miqdorini onlayn nazorat qiliş imkonini beradi», — dedi Qozoğiston Suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov. 

KUN FOTOSI

Ekologiya vazirligiga qaraşli Qizilqum davlat qöriqxonasi xodimi kuzatuv kamerasiga töqay muşugi muhrlandi. Töqay muşugi muşuksimonlar oilasiga mansub yirtqiç sutemizuvçi hayvon bölib, taşqi körinişi silovsinga öxşaydi. 

Samarqandda zanjirband qilingan bola: u muntazam azoblanganini ta’kidladi

Samarqand şahrida Damas maşinasi içida oyoqlari zanjirband qilingan, yuz-közlari momataloq bölgan ösmirning videosi tarqalgan edi. Paxtaçi tumanidan bölgan bolani tumandagi Sohibqiron Temur izdoşi harbiy sport maktabi öqituvçisi şu ahvolga solgan. Kun.uz holatni örgandi.