Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tomonidan belgilangan havo sifati standartlariga dunyoning faqat yettita davlati javob beradi. Şveytsariyaning IQAir kompaniyasi tahlilçilari 2023 yil uçun havo sifati böyiça yillik hisobotida şunday xulosaga keldi.
Hisobotni tayyorlaş uçun olimlar 134 mamlakatdagi 7812 ta joyda joylaşgan 30 mingdan ortiq kuzatuv stansiyalari ma’lumotlarini tahlil qilib, havodagi PM 2.5 zarraçalarining tarkibini örganişdi. Bu sanoat jarayonlari, elektr energiyasi işlab çiqariş va avtomobil çiqindilari oqibatida havoga çiqadigan mayda aerozol zarralari. Ularning tabiiy manbalariga örmon yonğinlari yoki qum böronlari kiradi.
Bu zarraçalar özining juda kiçik ölçami tufayli tabiiy biologik tösiqlar bilan uşlanmaydi, balki qon tizimiga kirib, organizmda töplanib, köplab patologik şaroitlarni, jumladan, astma, saraton, insult va öpka kasalliklarini keltirib çiqaradi va oğirlaştiradi.
JSST tavsiyalariga muvofiq, xavfsiz hayot uçun zarraçalarning örtaça yillik darajasi kubometr uçun 5 mikrogramdan oşmasligi kerak.
IQAir tadqiqotlari şuni körsatdiki, 2023 yilda bu tavsiyalarga faqat yetti mamlakat - Avstraliya, Grenada, Islandiya, Mavrikiy, Yangi Zelandiya, Finlandiya va Estoniya javob bergan. Agar alohida şaharlar olinsa, ularning atigi 9 foizida havo sifati me’yorida bölgan.
Havosi eng köp ifloslangan davlatlar - Bangladeş (1 kubometr uçun 79,9 mikrogram, JSST tavsiyalaridan 30 baravar yuqori), Pokiston (73,7 mikrogram) va Hindiston (54,4 mikrogram) böldi.
Özbekistonda bu körsatkiç kubometr uçun 28,6 mikrogram (JSST tavsiyalaridan qariyb 6 baravar yuqori), Rossiyada 10 mikrogram, Ukrainada - 8,6, AQŞda - 9,1, Germaniyada - 9, Xitoyda - 32,5 mikrogramni taşkil etdi.
Eng ifloslangan 50 ta şaharning 42 tasi Hindistonda bölib, ularning ba’zilarida PM 2,5 darajasi JSST körsatmalaridan 20 baravar köp bölgan. Boşqa eng ifloslangan şaharlarning aksariyati Xitoy va Janubi-Şarqiy Osiyoda joylaşgan. Şu bilan birga, IQAir köplab Afrika mamlakatlarida havo ifloslanişi böyiça işonçli ma’lumotlarga ega emasligini ta’kidlaydi.
Finlyandiyaning Kuusamo şahri havo sifati böyiça dunyodagi eng toza şahar bölib çiqdi.
The Guardian naşrining ta’kidlaşiça, har yili dunyo böylab yetti million odam havo ifloslanişi ta’siridan nobud böladi - bu OITS va bezgakdan köproq. Uşbu ölimlarning aksariyati rivojlanayotgan mamlakatlarda, asosan isitiş, yoritiş va ovqat pişiriş uçun ekologik toza bölmagan yoqilğidan foydalaniş tufayli sodir böladi.












