Defektolog, logoped Dilorom Jabborovaga nisbatan duduqlangan bolani sökiniş va qörqitiş usulida davolaşga uringani tufayli jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ötgan yil dekabr oyida u Jizzax şahrida ötkazilgan seminar davomida bir bolani davolayotgani aks etgan video tarqalgan va holat ombudsman nazoratiga olingandi.
Dilorom Jabborovaning iş uslubiga ilmiy va kasbiy baho beriş uçun kiritgan sörov asosida defektolog va logopedlardan iborat işçi guruh örganiş ötkazgan.
Natijada pedagogning iş usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlaniş muammosiga tor va ibtidoiy yondaşuvda ekani, Jabborovaning duduqlanişni bartaraf etişda qöllayotgan ruhiy va jismoniy zöravonlik usullari bolalarning soğliği va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirişi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi töğrisida xulosa berilgan, deyiladi ombudsman xabarida.
Ekspertlar işçi guruhi xulosasi va aniqlangan boşqa holatlar asosida uning harakatlarida aldaş va odamlar işonçini suiiste’mol qiliş yöli bilan özganing mulkini va uning mulkiga bölgan huquqni qölga kiritişda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan.
27 fevral kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda Yunusobod tumani IIO FMB tergov bölimi tomonidan jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











