«Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantiriş va tarmoğini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, mahalladagi yoşlar yetakçisiga quyidagi qöşimça vazifalar yuklatiladi:
- mahalla yoşlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtiriş, şuningdek, bu borada turli tarğibot-taşviqot işlarini taşkil etiş;
- mahallalarda mavjud bölgan futbol böyiça sport inşootlari hamda boşqa sport maydonçalaridan tizimli va samarali foydalanilişini taşkil etiş;
- mahallada futbol böyiça erkaklar va ayollarning turli yoş toifalari kesimidagi «mahalla terma jamoa»larini şakllantiriş hamda ularni tayyorlaşni taşkil etiş;
- mahalla yoşlarining futbol bilan şuğullanişi uçun yetarli şart-şaroitlar yaratilganligini tahlil qilib boriş hamda futbolni rivojlantiriş böyiça sport-ta’lim taşkilotlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yölga qöyiş;
- mahallalardagi yoş iqtidorli futbolçilarni aniqlaş hamda ularni professional futbol ta’lim muassasalariga yönaltirib boriş;
- mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantiriş, sport inventarlari bilan ta’minlaş va mahalla terma jamoalariga qöşimça şart-şaroitlarni yaratiş böyiça mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlariga takliflar kiritiş.











