«Oğir atletika sport turini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga köra, 2024 yildan har yili an’anaviy tarzda quyidagilar ötkaziladi:

- oğir atletika va parapauerlifting böyiça Markaziy Osiyo oçiq çempionati;

- oğir atletika va parapauerlifting böyiça Özbekiston oçiq çempionati;

- oğir atletika böyiça Xalqaro oğir atletika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yoş toifalari böyiça uç bosqiçli (tuman/şahar, viloyat va respublika) çempionatlar va kuboklar;

- oğir atletika va parapauerlifting böyiça davlat sport-ta’lim muassasalari örtasida Özbekiston çempionati musobaqasi. 

Sport vazirligi huzurida öz faoliyatini 2025/2026 öquv yilidan boşlovçi Oğir atletika markazi (Markaz) taşkil etiladi. 

2024 yil 1 sentabrgaça olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazlaridagi oğir atletika bazalarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlanadi va keyinçalik muntazam ravişda maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) va boşqa zarur vositalar bilan ta’minlab boriladi. 

2024 yil 1 sentabrdan Respublika ixtisoslaştirilgan kompleks bolalar va ösmirlar sport maktabining Qoraqalpoğiston Respublikasi, Namangan, Toşkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari oçiladi va uşbu maktablarda oğir atletika sport turini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratiladi.